
Superkompyuter FiveThirtyEight ma’lumotlari asosida Angliya premer-ligasining navbatdagi g‘olibi qaysi jamoa bo‘lishini aniqlab berdi.
Sun’iy intellekt hisob-kitoblariga qaraganda, joriy mavsumda “Manchester Siti” chempionlikni tantana qilishi kerak. Gvardiola shogirdlari “Liverpul”ni 12 ochkoga ortda qoldirishi taxmin qilinmoqda. Amaldagi chempiondan ikki ochko kam jamg‘arishi kerak bo‘lgan “Manchester Yunayted” kuchli uchlikni yakunlab beradi.
Kompyuter taxminiga ko‘ra, premer-ligani “Fulxem”, “Sheffild Yunayted” va “Vest Bromvich” tark etadi.
Endi supermashinaning bashorati qanchalik to‘g‘ri chiqishini vaqt ko‘rsatadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar