Foto: «Vesti.kz»
Kuernavaka (Meksika)dagi boks kechasi tashkilotchilari qozog‘istonlik Sadriddin Ahmedovning jangidan avval yanglishib boshqa madhiyani qo‘yib yuborishdi.
Niderlandiyalik Stiven Dano bilan jangdan avval Ahmedov sharafiga qozoqcha o‘rniga Kanada madhiyasi yangradi, yozmoqda «Vesti.kz».
Tashkilotchilar sportchi Kanadada shug‘ullanyaptimi, demak, kanadalik degan fikrga borishgan. Holbuki, bokschi qozoqcha chopon va Qozog‘iston bayrog‘i bilan ringga ko‘tarilgandi. Albatta, u turnir tashilotchilariga noroziligini bildirdi.
Umuman olganda, jang Ahmedovning ishonchli g‘alabasi bilan yakuniga yetdi, barcha hakamlardan ochko oldi. Qolaversa, birinchi o‘rta vaznda WBA Continental, NABF va WBC Francophone chempionligi kamarlarini qo‘lga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Bektemir Meliqo‘ziyev sobiq jahon chempioni bilan jang qiladi

Qozoq bokschisi Shohjahon Ergashev bilan jang qilishni xohlamadi va promouterining g‘azabiga sabab bo‘ldi

Povetkin Uaytni nokautga uchratdi. U endi Taysonom Fyuri bilan jang qilishi mumkin

Odil Ahmedov: Odamlar uni ko‘rishi bilan aqldan ozadi

Serxio Ramosning uchinchi farzandi dunyoga keladi

«Atletiko Madrid» va «Deportivo» ishqibozlari o‘rtasidagi mushtlashuv vaqtida bir kishi halok bo‘ldi