Xabaringiz bor, “Nasaf” klubi yangi mavsumga o‘z qarorgohida tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bugun “ajdarlar” chempionatga tayyorgarlik doirasida Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.
Avvlo shuni aytish joizki, “Nasaf” mazkur yig‘indagi birinchi nazorat uchrashuvida Muborakning “Mash’al” jamoasi bilan kuch sinashgandi. “Gazchilar” jamoasiga qarshi kechgan har ikkala bahsda ham mehmonlar 0:1 hisobida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, “Dinamo” jamoasi bilan tashkil qilingan birinchi nazorat uchrashuvida hisob ochilmadi, ikkinchi nazorat uchrashuvida esa Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Shunday qilib, “Nasaf” a’zolari yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini yakunlashdi va qisqa ta’tilga chiqishdi. “Ajdarlar” 4 fevral kuni o‘z qarorgohida yig‘ilishadi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi