10:00 / 02.02.2021
1 771

Infantino: «Qatardagi jahon chempionati tomoshabinlar to‘la stadionlarda o‘tadi»

Infantino: «Qatardagi jahon chempionati tomoshabinlar to‘la stadionlarda o‘tadi»
FIFA va JSST hamkorlikda o‘tkazgan matbuot anjumanida Janni Infantino Qatardagi 2022 yilgi jahon chempionati tomoshabinlar to‘la stadionlarda o‘tishini ma’lum qildi.

«Stadionlar to‘ladi. U paytga borib koronavirus ustidan g‘alaba qozonamiz, barchamiz u bilan birga yashashga o‘rganamiz», — jurnalist Rob Harris FIFA prezidentidan ana shu iqtibosni keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar Qatarning besh shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Infantino: «Qatardagi jahon chempionati tomoshabinlar to‘la stadionlarda o‘tadi»