
Yevropada jamoalarning g‘alabali va mag‘lubiyatli seriyalarini ma’lum qilib borish odat tusiga kirgan. Biz ham bir necha kundan beri "Jenoa"ning mag‘lubiyatsiz o‘yinlarni qayd etayotgani borasida xabar bermoqdamiz.
Genuyaliklar 6 fevral kuni "Napoli"ni 2:1 hisobida taslim etishdi va mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda. Eldor Shomurodov jamoasi 9 yanvardan beri mag‘lubiyasiz odimlamoqda. "Jenoa" oxirgi 5 uchrashuvda faqatgina "Atalanta" bilan durang o‘ynadi xolos. Qolgan bellashuvlarda zafar quchmoqda. Shu bois ular turnir jadvalida 12-o‘rniga ko‘tarildi.
E’tiborlisi, birinchi davrada "Napoli" genuyaliklarni 6:0 hisobida taslim etgandi. Bu natija "Jenoa"ning ushbu mavsumdagi eng yirik mag‘lubiyati sanaladi. Kecha esa Ballardini shogirdlari raqibni yenga oldi. Endi jamoa A Seriyadagi keyingi turni 13 fevral kuni "Torino"ga qarshi o‘tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing