Rossiyalik aralash jang sportchisi (MMA) Habib Nurmagomedov o‘z tashkilotida (Eagle Fighting Championship) rejalashtirgan orzusidagi jang haqida so‘zlab berdi.
«Bu faqat mening fantaziyam, og‘ir vaznda amerikalik Brok Lesnarni rossiyalik Fedor Yemelyanenkoga qarshi jangga olib chiqish mumkin edi», — deydi Nurmagomedov MatchTV kanaliga bergan intervyusida. Uning fikriga ko‘ra, Rossiya va Amerika MMA yulduzlari o‘rtasida jang tashkil qilish ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lar edi. «Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin», deb qo‘shimcha qiladi sportchi.
Avvalroq Habib Nurmagomedov UFC prezidenti Deyna Uaytga o‘z karerasini davom ettirish to‘g‘risida xabar yuborganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Uayt tez orada o‘z javobini e’lon qilishi kerak. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, UFC rahbariyati iyun oyida chempionlik jangini o‘tkazishni rejalashtirmoqda, ammo hozircha biror to‘xtamga kelinmagan.
Eslatib o‘tamiz, 24 oktabr kuni UFC turnirida amerikalik Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan keyin Nurmagomedov aralash yakkakurashlardan ketishini e’lon qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!