Italiya chempionati 22-turida "Torino" - "Yuventus" bellashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
Uchrashuvdan oldin jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi va unda genuyaliklar ustozi Davide Ballardini o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda gazzetta.it nashri xabar berdi.
- "Torino"ga qarshi o‘yin? Biz bu bellashuvga barcha uchrashuvlardagi kabi qaraymiz. Jamoa doimgi o‘yinini ko‘rsatishga harakat qiladi.
Men qiyin bahs bo‘lishini kutmoqdaman. Raqib texnik va jismoniy tomondan yaxshi tayyorgarlikka ega. Davide Nikola kelgach "Torino" futbolchilarining harakatlarida o‘zgarishlar qilmoqda. Ular barqarorlikka e’tibor qaratishmoqda. Biz ham ushbu o‘yinga yaxshi hozirlik ko‘rdik hamda mashg‘ulotlarda doimgidek ishladik.
"Jenoa" futbolchilari "Torino" bosh murabbiyi Davide Nikolani yaxshi bilishi ertangi bahsda ularga qo‘l keladimi? Men bunday deb o‘ylamayman. Chunki barcha o‘zgaradi. U ham o‘zgarishlar qilganligi aniq. Shu bois ertaga qiyin o‘yin kutmoqdaman, - dedi Davide Ballardini. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!