Italiya A Seriyasi 22-turidan o‘rin olgan "Torino" - "Jenoa" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Turinda kechgan ushbu bahsda 0:0 hisobidagi nursiz durang qayd etildi. O‘yindan keyin genuyaliklar ustozi Davide Ballardini quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Turin klubi jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlikka ega edi. Jamoamning ham o‘yini menga yoqdi. Sababi, maydonning har bir qismida kurash olib bordik. Bizda gol urish uchun bir necha yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi, biroq omad yetishmadi. Mehmonda "Torino"dek jamoa bilan durang o‘ynash yaxshi natija. Yana bir bor qaytaraman, o‘yindan qoniqish hosil qildim", -dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, jarohatidan sog‘ayib safga qaytgan Shomurodov Turin klubiga qarshi bahsning ikkinchi bo‘limida maydonga tushdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!