Qarshining "Nasaf" klubida katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Championat.asia sayti ma’lumotiga ko‘ra ko‘ra, klubdagi muhit havas qiladigan darajada emas. Xodimlar, futbolchi va murabbiylar bir nechta lagerga ajralib qolgan.
"Nasaf" yetakchilari Sharof Muhitdinov va Islom Kenjaboyev boshqa jamoalarga o‘tib ketishdi. Bobir Abdixoliqov ham ketish arafasida turibdi. Klub bosh direktori ular bilan shartnomani uzaytirmagani muxlislarni tashvishga solgani aniq. Masalan, Sharof Muhitdinov deyarli 2 oy davomida erkin agent maqomida yurdi va oxiri boshqa jamoaga ketdi.
Bugun bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev ham jamoa lagerini tark etgan. Uning "Nasaf"dagi keyingi taqdiri hozircha noma’lum bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Ro‘ziqul Berdiyev o‘z intervyusida quyidagi fikrni aytgandi: "Agarda vaziyat yaxshi tomonga o‘nglanmasa va yanada qiyinchiliklar hamda tushunarsiz ishlar davom etadigan bo‘lsa, balki men ham murabbiylik faoliyatimda tanaffus olishni o‘ylab ko‘raman. Boshqa chora qolmayapti. Lekin umid qilamanki, vaziyat bungacha bormaydi. "Nasaf" jamoasiga bo‘lgan sadoqatim va qarshilik muxlislar hurmati uchun klub rahbariyatining ko‘plab tushunarsiz ishlarga sabr qilib kelyapman". “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!