13:33 / 19.02.2021
1 846

Eldor Shomurodov: «Osiyo klublarida faqatgina pul ishlab olishim mumkin edi»

Eldor Shomurodov: «Osiyo klublarida faqatgina pul ishlab olishim mumkin edi»
Foto: Google Images
O‘zbekiston terma jamoasi va «Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov nima sababdan Yevropaga ketganini aytdi.

- Agar Osiyoda qolganimda faqatgina pul ishlab olishim mumkin edi. Ammo men futbolchi sifatida rivojlanishni istadim. Shuning uchun har doim bu yerga kelish va Yevropa futboli nimaligini bilishni xohlaganman. Yevropa futboli nimasi bilan farq qiladi? Professionallik, tezlik va asosiysi, bu yerda har bir o‘yinchi o‘zini haqiqiy futbolchi sifatida his qiladi, - deydi Eldor Shomurodov.

Shuningdek, Shomurodov «Jenoa»da «Rostov»dagiga qaraganda ko‘proq maosh olishini aytdi. Eldor bilan hamkorlik qiladigan ProSports Management kompaniyasi direktori German Tkachenkoning so‘zlariga ko‘ra 25 yoshli futbolchi genuyaliklar safida rus klubidagidan 5-6 baravar ko‘proq maosh oladi.

2020 yilning noyabr oyida Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri Eldor Shomurodovning maoshi yiliga 1,3 million yevroni tashkil etishini ma’lum qilgandi. Genuyaliklar klubida faqat Milan Badel (1,4 million yevro) Eldordan ko‘proq maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov 2020 yilgi yozgi transfer oynasida «Rostov»dan genuyaliklar safiga yo‘l oldi. Eldor «Jenoa» safida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Uning genuyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov: «Osiyo klublarida faqatgina pul ishlab olishim mumkin edi»