Toshkent viloyatida barcha bog‘chalar vaqtincha yopildi

Toshkent viloyatida barcha bog‘chalar vaqtincha yopildi

Toshkent viloyatidagi barcha davlat, xususiy va idoralarga qarashli maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Qaror 2026 yil 16 iyuldan kuchga kirdi.

Bu masala Toshkent viloyati hokimi rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan. Yig‘ilish yakunida barcha tuman va shahar hokimliklariga tegishli topshiriqlar berilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, bog‘chalar faoliyati ob-havo me’yoriy holatga kelganidan keyin qayta tiklanadi. Buning uchun viloyat hokimligining qo‘shimcha qarori qabul qilinadi.

Hozircha cheklov qancha davom etishi aniq aytilmagan. Ota-onalardan hududiy mas’ullar va bog‘cha ma’muriyatlari berib boradigan ma’lumotlarni kuzatib borish so‘ralmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar