21:51 / 19.02.2021
2 942

Odil Ahmedov Ektor Kuperning terma jamoamiz bosh murabbiyligidan ketishiga nima sabab bo‘lganini aytdi

Odil Ahmedov Ektor Kuperning terma jamoamiz bosh murabbiyligidan ketishiga nima sabab bo‘lganini aytdi
O‘zbekiston terma jamoasi va Xitoyning «Tyanszin Teda» klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov «Sports.uz» saytiga bergan intervyusida Ektor Kuperning nima sababdan terma jamoa bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgani haqidagi savolga javob berib o‘tdi.

- Futbolday shunday narsa bor, qanday murabbiy bo‘lishidan qat’i nazar birinchi o‘rinda natija turadi. Natija bo‘lmadimi, ming yaxshi murabbiy bo‘lmasin, olib tashlanadi, hamma joyda ham shu. Balki, uning taktikasi bizga to‘g‘ri kelmagandir yoki bizga himoyaviy o‘yin to‘g‘ri kelmas. Undan boshqa murabbiy kelib, bundan-da yomon natija qilishi ham mumkin edi. O‘ylashimcha, uni natija uchun olib tashlashdi, - deb aytdi Odil Ahmedov.

Shuningdek, terma jamoa sardori argentinalik mutaxassisning uslubi haqida ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Agar Rossiya va Xitoyda birga ishlagan murabbiylar bilan solishtiradigan bo‘lsam, uning mashg‘ulot jarayonlari eskicha edi, yangilik yo‘q. Chunki futbolda har kuni yangi narsalar, yangi taktikalar chiqmoqda. Unda esa ko‘proq eskicha uslub va bir xillikni ko‘rdim. Lekin futbolchilarga motivatsiya va ishonch berishda, odamgarchilik borasida judayam yaxshi inson", - dedi Odil Ahmedov.

Eslatib o‘tamiz, Ektor Kuper 2018—2019 yillarda O‘zbekiston terma jamoasini boshqargandi. Terma jamoa uning boshqaruvida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat va 4 ta durang qayd etgan. To‘plar nisbati esa 19-16 ni tashkil etgan.

Ahmedov faoliyati mobaynida «Paxtakor» (2006—2011), «Anji» (2011—2014) va «Krasnodar» (2014—2016) kabi jamoalarda harakat qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov Ektor Kuperning terma jamoamiz bosh murabbiyligidan ketishiga nima sabab bo‘lganini aytdi