
Ispaniya La Ligasi 24-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida «Kadis»ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 32-daqiqasida Messi penaltidan aniq foydalanib hisobni ochgan bo‘lsa, 88-daqiqada Fernandesning 11 metrlik nuqtadan kiritgan goli «Barsa»ni muhim g‘alabadan mosuvo qildi – 1:1.
Natijada Kataloniya klubi 23 o‘yindan keyin 47 ochko bilan 3-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Kadis» 25 ochko bilan 14-o‘ringa chiqdi. «Atletiko» 55 ochko bilan peshqadam, «Real» esa 52 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
La Liga. 24-tur.
Barselona – Kadis 1:1
Gollar: 1:0 – 32, penalti Messi, 1:1 – 89, penalti Aleks Fernandes.
Barselona – ter Stegen, Langle, Dest (Mingesa, 80), Alba, Pike, Buskets (Pyanich, 65), de Yong, Pedri (Trinkau, 74), Dembele (Puch, 80), Messi, Grizmann (Breytueyt, 65).
Kadis – Ledesma, Karselen, Markos Mauro, Espino, Fali Ximenes, Salvi Sanches (Alexo, 62), Garrido (Xose Mari, 58), Iskerdo (Aleks Fernandes, 59), Perea (Yonsson, 76), Negredo (Losano, 59), Sobrino. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar