1 545
Vadim Abramov: "Futzalchilar bilan shou bo‘lmaydi, oldingi mag‘lubiyat uchun revansh olmoqchimiz"
24 fevral, chorshanba kuni futbol va futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘zaro o‘yin o‘tkazishadi. Ushbu uchrashuv o‘zbek futboli va sporti rivojiga katta hissa qo‘shgan inson Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladi. Ana shu o‘yin oldidan katta futbolchilarimiz bosh murabbiyi Vadim Abramovning fikrlari bilan o‘rtoqlashdik.
"Biz bu uchrashuvda shou uyushtirmasligimiz aniq. Ya’ni, oldindan kelishilgan hisob uchun o‘ynalmaydi. Bu haqda gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Jang bo‘ladi. Yodingizda bo‘lsa, Mirabror Zufarovich hayot paytlarida ham futzal terma jamoamizga qarshi o‘ynaganmiz. O‘shanda 5:8 hisobida imkoniyatni boy berganmiz, shu sabab bu safar revansh olishni xohlaymiz. Bu bellashuvda hech qanday kelishib olingan hisobga o‘ynash yoki shou uchun to‘p tepish bo‘lmaydi. Sportchilar ham nimaga qodirligini ko‘rsatishni xohlaydi.
To‘p kichikroqligi va qoidalar boshqacharoq ekanligi biz uchun odatiy emas. Lekin, qolgan jihatlarda juda katta farq yo‘q. Futbolni ulardan yaxshiroq o‘ynay olishimizni isbotlash uchun harakat qilamiz.
Uchrashuvda jamoasi Toshkentda bo‘lgan terma jamoaga nomzod futbolchilar ishtirok etishadi. Biz 15 nafar o‘yinchini faqat o‘sha kuni kechga qo‘yib yuborishlarini klublaridan so‘radik. Menimcha, bu borada muammo bo‘lmaydi", - dedi Abramov.
Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga kirish bepul. Bahs poytaxtimizdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi va 18:00da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi