Bugun "Stranja" turnirida 6 nafar bokschimiz ringa ko‘tariladi

Bugun "Stranja" turnirida 6 nafar bokschimiz ringa ko‘tariladi
Bolgariyada an’anaviy “Stranja” turniri davom etmoqda. Bugun, turnirning to‘rtinchi kuni boshlandi. Tabiiyki, bugun o‘zbekistonlik bokschilar ham navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Musobaqaning bugungi kun dasturidan 6 nafar hamyurtimizning ishtiroki o‘rin olgan.

+91 kg Bahodir Jalolov – Berat Akar (Turkiya)
-60 kg Rayhona Qodirova – Mira Potkonen (Finlandiya)
- 69 kg: Navbahor Hamidova - Ani Xovsepyan (Armaniston)
-51 kg Tursunoy Rahimova – Angelina Lukas (Qozog‘iston)
- 52 kg Shahobiddin Zoirov – Entoni Errera (AQSH)
- 57 kg Mirazizbek Mirzahalilov – Xaver Ibanes (Bolgariya)

Yurtdoshlarimiz ishtirokidagi janglar Toshkent vaqti bilan 17:00 dan start oladi. Shuningdek, 21:00 da ham yurtdoshlarimizning janglari o‘rin olgan. Ushbu turnirni Bolgariya boks federatsiyasiningYoutube kanali orqali “A” va “B” ringlarda tomosha qilishingiz mumkin.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar