Foto: Getty Images
Yengil vazn toifasida harakat qilayotgan UFC jangchisi Islom Maxachev (19-1) Dryu Doberga (23-10) qarshi jangdagi g‘alabadan keyin top jangchilar bilan bellashishga loyiqligini aytdi.
- "UFC’da anchadan beri jang qilmaganim mening aybim emas. Barchasiga aql bovar qilmas 2020 yil aybdor. Men bir necha yil oldinroq top-5 kirishga haqli edim.
Endi menda ketma-ket 7 ta jangdan iborat g‘alabali seriya bor. Shunday ekan, menga top raqib kerak. Kim bo‘lsin, farqi yo‘q. Barchasini yer tishlatishga tayyorman.
Hozir Rafael dos Anos va Toni Fergyuson bo‘shligini bilaman. Ikkalasi bilan ham jang qilishga tayyorman. Shunchaki menga top jangchilardan birini bering.
Dryu Dober juda qattiq yigit ekanini bilardim. U juda yaxshi zarbaga ega, shu sabab shunday yo‘lni tanladim: parterga olish va nazorat", - dedi Islom Maxachev.
Maxachev UFC 259 musobaqasida bo‘lib o‘tgan jangda Doberni uchinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab, taslim etdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar