Kollaj: «Daryo»
Professional boks bo‘yicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (7-0, 6 KO) 3 aprel kuni Toshkent shahrida chempionlikni himoya qiladi.
Humo Arena’da bo‘lib o‘tadigan boks kechasida Ahmadaliyev yaponiyalik Ryosuke Ivasaga (27-3, 17 KO) qarshi ringga ko‘tariladi.
Shuningdek, mazkur boks kechasida Isroil Madrimov, Shahram G‘iyosov, Hasanboy Do‘stmatov, Iqboljon Xoldorov, Mirazizbek Mirzahalilov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov va Sanjar Tursunov kabi nomdor o‘zbekistonlik bokschilar jang o‘tkazadi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etish joiz, bu Iqboljon Xoldorov va Mirazizbek Mirzahalilov uchun prof boksdagi debyut jang bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliyev 2020 yilning yanvarida Daniel Romanni mag‘lub etib, bir yo‘la ikkita chempionlik kamariga ega chiqqandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar