14:45 / 11.03.2021
2 013

OCHL—2021 guruh bosqichiga mezbonlik qiladigan mamlakatlar ma’lum bo‘ldi. «Paxtakor» BAAda o‘ynaydi

OCHL—2021 guruh bosqichiga mezbonlik qiladigan mamlakatlar ma’lum bo‘ldi. «Paxtakor» BAAda o‘ynaydi
Foto: OFK
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) markazlash tizimda o‘tkaziladigan Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqich o‘yinlariga mezbonlik qiladigan mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, «Paxtakor» harakat qiladigan B guruhi o‘yinlari BAAning Sharja shahrida bo‘lib o‘tadi. OKMK guruh bosqichiga yo‘llanma oladigan bo‘lsa, A guruhi vakillari bilan Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘ynaydi.

Quyidagi guruh bosqichiga mezbonlik qiladigan shaharlar bilan tanishing:

G‘arb mintaqasi:
A guruhi — Ar-Riyod (Saudiya Arabiston)
B guruhi — Sharja (BAA)
C guruhi — Jidda (Saudiya Arabiston)
D guruhi — Ar-Riyod (Saudiya Arabiston)
E guruhi — Hindiston

Sharq mintaqasida F, G va J guruhlariga Tailand mezbonlik qiladi. H va I guruhlaridagi vaziyat hali noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor» B guruhida «Sharja» (BAA) va «Traktorsozi»ga (Eron) qarshi o‘ynaydi. To‘rtinchi raqib nomi «Al-Vahda» (Saudiya Arabistoni) — «Al-Quva al-Javiya» (Iroq) pley-off o‘yinidan keyin ma’lum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston OCHL mezbonligi uchun ariza topshirmagan. Biroq «Nasaf» va OKMK OFK Kubogi guruh bosqichini o‘zida o‘tkazish xohishini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL—2021 guruh bosqichiga mezbonlik qiladigan mamlakatlar ma’lum bo‘ldi. «Paxtakor» BAAda o‘ynaydi