
Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Navbahor" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining ilk qismida "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.
"Futbol ajoyib muhitda o‘tdi. Namanganda doim shunday bo‘lgan. Shunday o‘ynashni yigitlarga o‘qtirgandik va bu o‘xshadi. Hujumda biroz omad yetishmadi. Mezbonlarga nisbatan bizda imkoniyatlar ko‘proq bo‘ldi. Raqib oson taktikada o‘ynadi, bu bizga qo‘l keldi. Ikki jamoa ham 2 ochkodan mahrum bo‘ldi.
Sog‘ligim haqida qayg‘urganingiz uchun rahmat. Sizlar orqali barchaga rahmat aytmoqchiman. Ko‘plab futbolchilar o‘rinbosarlar jamoasida o‘ynagan. Sizlar hali tanimasangiz ham kerak. Siz bilgan yetakchilar bizning safimizni tark etdi. Formaga keladigan bo‘lsak, haqiqiy muxlislar va mutaxassislar futbolchilarning harakatiga qarab bilsa bo‘ladi.
Jamoaning o‘yinidan qoniqdim. Biz "Navbahor"ga qaraganda muzmunli o‘yin ko‘rsatdik. To‘p bilan hujumga chiqishda ham biz faol edik. Umumiy aytadigan bo‘lsam, natija o‘yinga mos bo‘ldi.
Saitov hozir umumiy guruhda mashg‘ulotlarni boshladi. Biz tavakkal qilishni xohlamaymiz. Agar ishlashda davom etsak, ikkinchi davra oldidan tarkibni kuchaytiramiz", - dedi Ro‘ziqul Berdiyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar