22:55 / 19.03.2021
1 207

"Navbahor" murabbiyi "Nasaf"ga qarshi o‘yindan keyin hakamlik, raqib jamoa va shartnoma muddati haqida gapirdi

"Navbahor" murabbiyi "Nasaf"ga qarshi o‘yindan keyin hakamlik, raqib jamoa va shartnoma muddati haqida gapirdi
Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Navbahor" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar vakili Viktor Jalilov ishtirok etdi.

"Qiyin o‘yin bo‘ldi. O‘z maydonimizdagi ilk bellashuvdagi mag‘lubiyat futbolchilarga ruhiy ta’sir qilgandi. Bugun esa faqat g‘alaba uchun maydonga tushgandik. Nima ham qilardik, o‘xshamadi. Majburiy o‘zgarishlar qilishga to‘g‘ri keldi.

Jamoaning seleksiya ishlaridan qoniqdimmi? Bu savolga javob berganim bilan hech narsa o‘zgarmaydi. Sababi, ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlangan. Bugungi o‘yin ko‘rsatdiki, "Nasaf" bekorga o‘tgan mavsum ikkinchi o‘rinni olmagan. Ularda ajoyib akademiya va murabbiy bor. Futbolchilarimga ba’zi vaziyatlarda tajriba yetishmadi. "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinda o‘yinimiz o‘zshagandi, bugun esa raqib ancha kuchli edi. Juda qiyin o‘yin bo‘ldi... Harakat qildik...

Qiyin o‘yin hakam uchun ham qiyin. Kurashlar ham ko‘p bo‘ladi. Umumiy qilib aytaganda, hakam qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ymadi. Ularning ishini ko‘rib chiqadigan tashkilotlar bor. Shartnomam qachongacha? Bu katta sir!
", - deydi Jalilov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » "Navbahor" murabbiyi "Nasaf"ga qarshi o‘yindan keyin hakamlik, raqib jamoa va shartnoma muddati haqida gapirdi