18:00 / 21.03.2021
2 399

Terma jamoadan chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxati va murabbiylar shtabida o‘zgarish ro‘y berdi

Terma jamoadan chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxati va murabbiylar shtabida o‘zgarish ro‘y berdi
Xabaringiz bor, 22-30 mart oralig‘idagi FIFA kunlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi. Ushbu yig‘in davomida vakillarimiz Gana va Iroq bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Terma jamoaga chaqirilgan bir necha nafar futbolchi Superliga bahslarida o‘z klubi safida jarohat olganligi sababli, mazkur o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Eldorbek Suyunov, Yegor Krimes, Hojiakbar Alijonov, Lutfulla To‘rayev, Sardor Sobirxo‘jayev, Abrorbek Ismoilov, Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘rniga murabbiylar shtabi milliy jamoamiz safiga Iskandar Shayqulov ("So‘g‘diyona"), Anzur Ismoilov ("Paxtakor") va Javoxir Qaxramonovni ("So‘g‘diyona") jalb etdi.

Shuningdek, MTJ murabbiylar shtabida ham o‘zgarish ro‘y berdi. Anvar G‘ofurov yordamchi murabbiy sifatida Vadim Abramovga ko‘maklashib boradigan bo‘ldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, ertaga terma jamoamiz "Paxtakor" stadionida to‘liq tarkib bilan mashg‘ulotlarga kirishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Terma jamoadan chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxati va murabbiylar shtabida o‘zgarish ro‘y berdi