
Angliya premer-ligasining 29-turida “Vest Xem” o‘z maydonida hamshahari “Arsenal”ni qabul qildi.
Dramatik kechgan London derbisi 3:3 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. “Vest Xem” Jessi Lingard (16'), Jerrod Bouen (17') va Tomash Souchek (32') tomonidan kiritilgan golar evaziga 3:0 hisobida oldinga chiqib olgan bo‘lsada, o‘yin yakuniga qadar g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
E’tiborlisi, “kanonirlar” hisobiga yozilgan 2 ta golni “bolg‘achilar” a’zolari - Tomash Souchek (38' avtogol) va Kreyg Douson (61' avtogol) kiritdi. Yana bir golga esa Aleksandr Lyakazett (82') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar