00:01 / 27.03.2021
2 071

Ibrohim Tanko: "O‘zbekiston bizning xatolarimiz evaziga g‘alaba qozondi"

Ibrohim Tanko: "O‘zbekiston bizning xatolarimiz evaziga g‘alaba qozondi"
O‘zbekiston - Gana B (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Ibrohim Tanko matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Unga bahsda gol urgan Issaku Abdul Fatavu hamrohlik qildi.

"Bugun ikkala jamoa ham yaxshi o‘ynadi. Biz ikkita jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydik va raqib gollar urdi. Yigitlarim hisobni tenglashtirishga o‘zlarida kuch topa olishdi. O‘zbekiston terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman", - deydi Ibrohim Tanko.

"Juda ham ajoyib uchrashuv bo‘ldi. O‘zbekiston bizning xatolarimiz tufayli g‘alaba qozondi. Bu yerda o‘ynaganimizdan xursandmiz. O‘ylashimcha bu ikkala jamoa uchun foydali bo‘ldi", - deydi Fatavu.

- O‘zbekiston safida kimni alohida ajratib ko‘rsata olasiz?
- Men raqib safidagi qaysidir futbolchini ajratib ko‘rsatishni yoqtirmayman. To‘g‘ri O‘zbekiston safida 3-4 nafar futbolchi ajralib turdi. Buni kecha ham aytgandim. Bugungi jamoaviy o‘yin menda yaxshi taassurot qoldirdi.

- Uchrashuv to‘lig‘icha O‘zbekiston tashabbusi ostida o‘tdi. Bunga tayyormidingiz?
- Bu tabiiy holat. O‘zbekiston o‘z maydonida o‘ynadi, shunchalik ko‘p muxlislar qarshisida o‘ynadi. To‘p nazorati ham ular tomonida bo‘ldi. Lekin men shogirdlarim bilan faxrlanaman. Gol o‘tkazib yuborgach hisobni tenglashtira olganimizdan xursandman.

- O‘zbekiston, Namangan shahri sizda qanday taassurot qoldirdi?
- O‘zbek xalqi mehmondo‘st sifatida taassurot qoldirdi. O‘zim ham musulmonman, mehmondo‘stlik bu musulmon xalqlariga xos bo‘lgan xususiyat. Raqib maydonida o‘ynaganda odatda mehmon jamoa futbolchilariga qarshi muxlislik qilinadi. Bugun esa stadion ikkala jamoani birdek qo‘llab quvvatladi. Shu bois uchrashuvdan keyin muxlislarga minnatdorchilik bildirdik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ibrohim Tanko: "O‘zbekiston bizning xatolarimiz evaziga g‘alaba qozondi"