
Foto: Getty Images
O‘zbekiston boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 2023 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
O‘zbekiston boks federatsiyasining xabar qilishicha, Toshkent bo‘lib turgan AIBA rahbari Umar Kremlyov 2 aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu haqda rasman ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, 2021 yilgi Jahon chempionatiga Serbiyaning Belgrad shahri mezbonlik qiladi.
2019 yilda esa mazkur musobaqa Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgandi. O‘zbekistonlik bokschilar ushbu musobaqada 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, Bahodir Jalolov musobaqaning eng yaxshi bokschisi deb topilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar