20:31 / 02.04.2021
2 056

"Paxtakor" hakamlarning xatosi evaziga qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

"Paxtakor" hakamlarning xatosi evaziga qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Superligasi 4-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, Eren Derdiyok 23-daqiqada hisobni ochdi. 100 foizlik ofsaydda turgan Rashidovdan to‘pni qabul qilib olgan hujumchi birga-bir vaziyatdan unumli foydalandi. Jarima zarbasidan gol urgan Sharof Muhitdinov hisobdagi farqni oshirdi. Bekobodliklar safida bu aniq zarbalarga Zohid Abdullayev birgina gol bilan javob qaytarishni uddaladi.

Shu tariqa, ketma-ket 4-o‘yinda g‘alaba qozongan "sherlar" peshqadamlikni qo‘lga oldi.

"Paxtakor" – "Metallurg" - 2:1
Gollar:
Eren Derdiyok 23, - 1:0 (Sardor Rashidov). Sharof Muhitdinov 36, - 2:0. Zohid Abdullayev 45+3, - 2:1.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov (6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 57), 7.Sardor Rashidov, 8.Azizbek Turg‘unboyev, 9.Eren Derdiyok (5.Anzur Ismoilov, 71), 10.Dragan Cheran, 15.Yegor Krimes, 19.Sharof Muhiddinov (21.Abror Ismoilov, 57), 23.Sherzod A’zamov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 34.Farruh Sayfiyev.
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 14.Humoyunmirzo Iminov, 17.Sherzod Temirov, 18.Hojimat Erkinov.

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 4.Odilbek Abdumajidov, 8.Salamat Quttiboyev, 14.Abrorbek Toshqo‘ziyev, 15.Zohid Abdullayev (11.Ivan Nagayev, 77), 21.Kamoliddin Tojiyev, 22.Shahzodbek G‘ofurbekov, 27.Ixtiyor Toshpo‘latov (34.Yevgeniy Makeyev, 86), 28.Stanislav Andreyev, 55.Akbar Ismatullayev, 98.Damir Temirov (48.Dilshod Rahmatullayev, 83).
Zaxira: 1.Akmal Tursunboyev, 7.Doniyor Narzullayev, 30.Andrey Shipilov, 43.Davron Anvarov.

Ogohlantirishlar: Kamoliddin Tojiyev 27, Salamat Qutiboyev 54, Sanjar Quvvatov 90, Dragan Cheran 90+4.
Chetlatish: Yegor Krimes 70.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" hakamlarning xatosi evaziga qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi