Foto: «Skysports.com»
Argentinalik hujumchi Lionel Messi «Barselona» bilan umrbod bitim imzolash uchun o‘z shartlarini ma’lum qildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi kataloniyaliklar rahbariyati bilan muzokara olib borish niyatida. Shu bois u klubning yangi prezidenti Joan Laporta bilan uchrashmoqchi. Messi klub rahbaridan aniq sport loyihasini talab qiladi. Uni «Barselona»ning Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish rejalari qiziqtiryapti. Qayd etilishicha, futbolchi mavsum yakuniga qadar bir qarorga keladi.
18 mart kuni Laporta Messiga umrbod shartnoma taklif qilmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bitimda argentinalik futbolchi faoliyatini tugatganidan so‘ng u bilan hamkorlik qilishni nazarda tutishi kerak.
2020 yil yozida Messi Kataloniya klubini tark etmoqchi bo‘lgandi. Biroq «Barselona» rahbariyati futbolchini jamoada qolishga ko‘ndira oldi. Amaldagi kelishuv muddati 2021 yilning yozida tugaydi. Uning qiymati qariyb 556 million yevroni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi