
“Yuventus” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida “Barselona” bilan o‘yinchi almashishni rejalashtirmoqda.
Turinliklar klubning yangi shartnomasini qabul qilmagan argentinalik hujumchi Paulo Dibalani Kataloniyaga jo‘natib, “Barsa”dan hujumkor futbolchi Usmon Dembeleni olmoqchi. Dibala hujumning har qanday nuqtasida o‘ynay oladi. Dembele esa qanot futbolchisi va hujumda ham xavfli harakat qiladi.
Har ikki futbolchining shartnomasi 2022 yilning yarmida tugaydi. Ular hali yangi bitimni qabul qilmagani bois, “Yuve” ham, “Barsa” ham yozda bir qarorga kelishi kerak.
Ma’lumotlarga qaraganda, Dibalaning Kataloniyaga kelishi Lionel Messining “Barselona”da qolishiga ijobiy ta’sir qilishi mumkin. Joan Laporta shunga umid qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar