20:38 / 07.04.2021
1 841

«Navbahor» so‘nggi daqiqalarda penaltidan urilgan gol evaziga «Paxtakor»ga yutqazdi

«Navbahor» so‘nggi daqiqalarda penaltidan urilgan gol evaziga «Paxtakor»ga yutqazdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-turida «Navbahor» 7 aprel, chorshanba kuni «Paxtakor»ni qabul qildi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Dragan Cheran mehmonlarning tezkor qarshi hujumini golga aylantirdi. Bunga namanganliklar 71-daqiqada javob qaytardi: chiroyli kombinatsiyadan keyin Islom Isoqjonov darvozani ishg‘ol qilgan holda muvozanatni tikladi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Sardor Rashidov mezbonlar jarima maydonida yiqitildi. Hakam videotakrorlardan keyin penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini Cheran muvaffaqiyatli yakunladi.

Shu tariqa Piter Hyuistra shogirdlarining g‘alabali yurishi davom etadigan bo‘ldi. «Sherlar» 15 ochko bilan peshqadamlikda davom etmoqda. «Navbahor» 4 ochko bilan 9-o‘ringa tushib ketdi.

"Navbahor" – "Paxtakor" - 1:2
Gol:
41 - Dragan Cheran 0:1; 71 - Islombek Isoqjonov 1:1; 90 - Dragan Cheran 1:2

"Navbahor": 1.O‘tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Quvondiq Ro‘ziyev, 11.Islombek Isoqjonov, 17.Ehsoni Panshanbe(28.Nikola Tasich,70), 19.Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 67.Marko Putinchanin 88.Slavisha Stoyanovich(70.Abbos G‘ulomov, 57).
Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 8.Sardor Telyakov, 18.Bahrom Abdurahimov, 25.Shohruh Mahmudhojiyev, 95.Zabihillo O‘rinboyev.
"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 5.Anzur Ismoilov, 6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 7.Sardor Rashidov, 8.Azizbek Turg‘unboyev(18.Hojimat Erkinov,46), 10.Dragan Cheran, 19.Sharof Muhiddinov(14.Humoyunmirzo Iminov,72), 21.Abror Ismoilov, 23.Sherzod A’zamov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 34.Farruh Sayfiyev.
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 17.Sherzod Temirov, 28.Diyor Xolmatov, 88.Shahzod Azmiddinov.
Ogohlantirishlar: Isoqjonov 22, A’zamov 45+2, Abror Ismoilov 69, Davronbek Xoshimov 76, Golban 81.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Navbahor» so‘nggi daqiqalarda penaltidan urilgan gol evaziga «Paxtakor»ga yutqazdi