Bugun, 12 aprel kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida navbatdan tashqari saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Kun tartibidagi asosiy masala Milliy olimpiya qo‘mitasi birinchi vitse-prezidentligiga yangi nomzod saylashdan iborat edi.
Yig‘ilishda Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, sport turlari bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiya xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi birinchi vitse-prezidentligiga Ermatov Ravshan Sayfuddinovich nomzodi ilgari surildi. Kengash a’zolari tomonidan R.Ermatov nomzodi bir ovozdan ma’qullandi va saylandi.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Ravshan Ermatov bir vaqtning o‘zida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlab kelayotgandi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tugatilishi sabab yaqinda u vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimidan olingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi