18:30 / 14.04.2021
4 549

“Yuventus”: Ronaldu o‘rniga keladigan yulduz nomi ma’lum bo‘ldi

“Yuventus”: Ronaldu o‘rniga keladigan yulduz nomi ma’lum bo‘ldi
Krishtianu Ronalduning “Yuventus”dagi faoliyati ham mavhumligicha qolmoqda. Turin superklubi rahbariyati agarda portugaliyalik yulduz boshqa jamoaga ketishni istasa unga qarshilik qilmasligini bildirdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Yuventus” xo‘jayinlari Krishtianu Ronaldudan “Manchester Yunayted”dan Pol Pogbani olishda foydalanmoqchi. Mutaxassislar “Manchester Yunayted”ning kelasi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyati yuqoriligi Ronalduni o‘ziga jalb etayotganini ta’kidlayapti.

O‘z navbatida, Pol Pogba inglizlarning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini rad etdi. Fransiyalik yarim himoyachi Turin klubiga Krishtianu Ronaldu ketganidan keyin qaytishi mumkinligini ma’lum qilgan. Andrea Pirlo esa anchadan beri uni “Yuventus”ga qaytarmoqchi bo‘lyapti.

Bundan tashqari, “Yuventus” ikkinchi hujumchi Paulo Dibala bilan ham xayrlashishga tayyor. Ular argentinalik yulduz o‘rniga Usmon Dembele, Gabriel Jezus yoki Mauro Ikardini olib kelishni mo‘ljallamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Yuventus”: Ronaldu o‘rniga keladigan yulduz nomi ma’lum bo‘ldi