18:30 / 16.04.2021
2 858

AGMK bilan durangdan so‘ng "Al Hilol" murabbiyi nimalar dedi?

Osiyo Chempionlar ligasi 1-turida "Al Hilol" - AGMK uchrashuvidan so‘ng saudiyaliklar bosh murabbiyi Rojerio Mikale o‘yin borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar berdi.
- Futbolchilar ko‘p kuch sarflashdi. 1:0dan keyin futbolchilar tezda o‘zlariga keldi va hisobni tenglashtirishdi. G‘alaba qozonishga harakat qildik. Ammo jarohatlar pand berdi. Ularning o‘rniga maydonga tushganlar ishonchni oqlay olmadi.
OCHLda har bir mamlakatdan eng kuchlilar jamlanadi va barcha uchrashuvlar qiyin kechadi. Shuning uchun AGMK yaxshi o‘yin ko‘rsatganidan ajablanmadim. Keyingi tur 3 ochkoni qo‘lga kiritishga intilamiz, - dedi braziliyalik murabbiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AGMK bilan durangdan so‘ng "Al Hilol" murabbiyi nimalar dedi?