22:18 / 17.04.2021
2 322

Mirjalol Qosimov "Istiqlol"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?


OCHL "A" guruhi 2-tur doirasidagi AGMK - "Istiqlol" o‘rtasidagi o‘yindan avval tashkil etilgan matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi. 
- Ertaga Xudo xohlasa bizni yana bir juda ham muhim o‘yin kutib turibdi. "Istiqlol" bizga qo‘shni jamoa, shu boisdan o‘ziga xos derbi bo‘ladi. O‘zbekiston va Tojikiston jamoalarining o‘zaro o‘yinlari azaldan derbi maqomida qizg‘in to‘qnashuv bo‘lib kelgan. O‘ylaymanki, ertaga muxlislar chiroyli futbol guvohi bo‘lishadi. Hech bir o‘yin oson bo‘lmaydi. Avval aytganimdek, har bir uchrashuvga chiroyli o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba ilinjida maydonga tushamiz.

"Istiqlol" jamoasi tartibli futbol namoyish etmoqda. Ularning ichki chempionat o‘yinlari, xususan superkubok va "Shabab Al Ahli"ga qarshi o‘yinlarini ko‘rib chiqdim. "Istiqlol" jamoasi qarshi hujumlarga tayanib o‘ynaydi. Raqibning tartibli va chuqur himoyasini yorib kirishga va qarshi hujumlarni o‘tkazib yubormaslikka harakat qilamiz. Bu oson bo‘lmasligi aniq. Ertangi o‘yinga jamoamiz tayyor va biz muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

— 2 yil avval OCHL saralash o‘yinida "Istiqlol" bilan AGMK to‘qnash kelgan va unda g‘alaba qozongansizlar. Bu jihat sizlarga ruhiy ustunlik beradimi?
— Olmaliqdagi o‘yin tarixga aylangan. Bu albatta jamoamiz va muxlislar uchun yoqimli tarix sifatida qolgan. Lekin ertangi bahs butkul boshqa va yangi chaqiruv bo‘ladi. Biz ertaga ham Xudo xohlasa o‘sha yoqimli damlarni ishqibozlarga taqdim etishga harakat qilamiz.

— AGMK hujumkor futbol ko‘rsatadi, ertangi raqib "Istiqlol" esa himoyaviy. Ertangi bahsda taktik taraflama o‘zgarish bo‘ladimi?
— Biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga va raqibning himoyasini yorib o‘tishga harakat qilamiz. Bu oson bo‘lmaydi. Shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, "Istiqlol" himoyadan tezkor qarshi hujumga o‘tishda xavfli. "Istiqlol" safida Manuchexr Jalilov va Huseyn Dog‘an kabi yaxshi va tezkor futbolchilar bor. Imkon qadar raqibga qarshi hujumga o‘tib ketish imkoniyatini berish kerak emas. Lekin bu ishni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Biz raqibning tartibli himoyasini yorib o‘tish barobarida ularni qarshi hujumga o‘tib ketmasliklarini ta’minlashimizga to‘g‘ri keladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov "Istiqlol"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?