2 804
Markaziy Osiyo derbisida imkoniyatlar qanday? Yoxud terma jamoa ustozining Saudiyadagi rejalari haqida
Ertaga Markaziy Osiyo derbisi ostida kechadigan AGMK va “Istiqlol” o‘rtasidagi o‘yinni ko‘pchilik kutyapti. Bu to‘qnashuv O‘zbekiston yoki Tojikistonda emas, balki Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazilishini ham yaxshi bilasiz-a?
Bu juda qiziqarli o‘yin bo‘lishi kutilyapti. Bu haqida AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ham matbuot anjumanida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, Tojikiston milliy terma jamoasi ustozi – o‘zbekistonlik Usmon Toshev ayni paytda Saudiyada bo‘lib turibdi. U AGMKni ham, “Istiqlol”ni ham yaxshi biladi. Shu bois o‘yin oldidan sports.uz muxbiriga quyidagilarni aytdi.
Derbi oldidan
- AGMK – “Istiqlol” o‘yini haqida to‘xtalsam, o‘zim ham bevosita uchrashuvni stadionda kuzataman. Chunki Saudiya Arabistoniga kelganman. “Istiqlol” jamoasining birinchi o‘yinini ham ko‘rdim. O‘shanda durang kuzatilgandi. AGMK – “Istiqlol” bellashuvidan nima kutyapman? Tojikistonda ishlayotganim sababli birinchi navbatda terma jamoaga nomzod futbolchilarning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatishim aniq. Chunki “Istiqlol”da Tojikiston termasining ko‘plab o‘yinchilari to‘p surishadi. Bu Markaziy Osiyo derbisiga aylanadi va bu juda qiziqarli o‘tishiga shubha qilmayman. Tojik futboli ham o‘sayotganidan xursandman. Mana, “Istiqlol” birinchi marotaba Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida qatnashyapti va ilk turdayoq birinchi ochkosini qo‘lga kiritdi. Ertaga bo‘ladigan derbi ikkala klub uchun muhim. Mirjalol Qosimov va uning jamoasini yaxshi bilaman. Shuningdek, “Istiqlol” – bu bizning jamoa. Chunki Tojikistonning yetakchisi. Umuman olganda, AGMK ham, “Istiqlol” ham men uchun yaqin. Ikkala klubdagi futbolchilarning imkoniyatlaridan ham xabardorman. Men faqat chiroyli va qiziqarli futbolga muxlislik qilaman.
“Istiqlol”ning kamchilik va ustunligi
- Klub kamchiliklarini uning murabbiyidan so‘rash kerak. Men esa chetdan turib jamoaning kamchiliklari haqida ayta olmayman. Chunki shunday qilsam, noto‘g‘ri bo‘ladi. Kuchli tomoniga kelsak, futbolchilari ko‘plab xalqaro o‘yinlarda ishtirok etishgan. Turli yoshdagi terma jamoalarda harakat qilishganini bilaman. Shuning uchun bunday uchrashuvlarda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yish holatlari uchramaydi. “Istiqlol” jamoasining kayfiyati yaxshi. Shu bois ulardan yaxshi o‘yin kutaman. Jamoaning har bir o‘yini men uchun taalluqli, ahamiyati katta. Futbolchilarning o‘yini va tayyorgarligi qanchalik yaxshi bo‘lsa, bu terma jamoa uchun ham yaxshidir. Aynan shundan kelib chiqib, kelgusida terma jamoadagi rejalarimni tuzib chiqaman.
Jamoalarning guruhdan chiqish imkoniyati to‘g‘risida
- “Istiqlol”ning BAA klubiga qarshi o‘yinini ko‘rdim. Lekin raqib meni biror nimasi bilan o‘ylantirib qo‘ymadi. Katta tajribasi bor deb aytmagan bo‘lardim. Har bir jamoa murabbiyi avvalo guruhdan chiqish vazifasini qo‘ygan. Menga qolsa, “Istiqlol” bilan AGMK keyingi bosqichga chiqishini istayman. Bu juda yaxshi bo‘lardi. Ikkala klubda buning uchun imkoniyat bor. Faqat mehnat qilish kerak. Endi bittadan o‘yin o‘tkazishdi, oldinda yana beshta tur bor. Balki ikki-uchta uchrashuvdan keyin futbolchilarda charchoq alomatlari ko‘rinib qolishi ham mumkin. Men uchun ikkala klubning keyingi bosqichga chiqishining tarafdoriman.
AGMK xususida
- AGMKni bilaman, ajoyib jamoa. Mirjalol Qosimov kuchli o‘yinchi bo‘lgan va endi kuchli murabbiyga aylandi. Futbolni yaxshi tushunadi. AGMK bilan anchadan beri birga ishlayapti. “Al-Hilol”ga qarshi o‘yini juda qiziqarli kechdi. 2:2 hisobida jangovor durang qayd etildi. Masalan, pley-off o‘yinida oxirgi daqiqada gol urib g‘alaba qozongani ham bejiz emas. Bu AGMKning katta mahoratidan darak beradi. Ular oxirigacha kurashadigan jamoa. Yana qaytaraman, ertaga juda qiziqarli bahs guvohi bo‘lamiz. AGMK – “Istiqlol” to‘qnashuvi hatto o‘rtoqlik maqomida bo‘lsa ham doim derbi sifatida o‘tadi. Kim yutishini ayta olmayman.
Saudiya Arabistoniga safari haqida
- Saudiyaga 14 aprelda keldim. Maqsadim o‘yinlarni ko‘rib nazorat qilish, futbolchilarning harakatlarini diqqat bilan kuzatish. Terma jamoa a’zolarining har qanday o‘yini biz uchun muhim. Qolaversa, terma jamoa uchun yana ikkita nomzod bor. Ularni ham kuzatishim kerak. Agar sharoit va imkoniyat bo‘lsa, biror-bir yevropalik murabbiy bilan bir piyola choy ustida fikr almashmoqchiman. Hakamlar bilan esa bitta mehmonxonada turibman. Ular uchrashuvlarga jiddiy tayyorlanishyapti. Bundan tashqari, stadionlardagi sharoitlar va tashkiliy masalalar ham men uchun qiziq. O‘yinlarga tayyorgarlik qanday tashkillashtiriladi, bu borada komissarlar bilan ham gaplashyapman. Har holda tashkiliy ishlar ham men uchun qiziq. Oz bo‘lsa-da, bu xususida menda biroz tajriba bor. Lekin hech qachon o‘rganishdan qochmayman va doim futbolning tashkiliy ishlari ham muhim sanaladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"