Yevropaning 12 klubi yangi Superliga tuzilganini rasman e’lon qildi. Bu klublar UYEFAning YECHLni tashkil etishidan qoniqmaganini aytib, yangi liga tuzilganini e’lon qildi.
Quyidagi jamoalar Yevropa Superligasida ishtirok etishi ma’lum:
Ispaniyadan «Real» «Barselona», «Atletiko»;
Italiyadan «Milan», «Inter», «Yuventus»;
Angliyadan «Arsenal», «Chelsi», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Tottenhem».
Yangi tuzilgan Superliga prezidenti Florentino Peres bo‘ladi. Klublar bu musobaqani tashkil eta olishsa, uning o‘yinlaridan tushadigan foyda o‘zaro teng taqsimlanadi. Bu klublar UYEFA YECHLdan tushadigan daromadlarni noto‘g‘ri taqsimlashidan norozi bo‘lishgan.
O‘z navbatida UYEFA Superliga tuzilishini qabul qilmasligini, bu musobaqada o‘ynaydiganlar Yevropa va jahon miqiyosidagi o‘yinlardan diskvalifikatsiya qilinishi mumkinligini ma’lum qildi. Shuningdek, tashkilot Superliga taklifini qo‘llamagan Germaniya va Fransiya klublariga minnatdorchilik bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"