
UYEFA prezidenti Aleksandr Cheferinning ta’kidlashicha, tashkilot Yevropa Superligasi o‘yinlarida ishtirok etadigan futbolchilarga qit’a va Jahon chempionatlarida qatnashishga taqiq qo‘yiladi.
"Superligada o‘ynaydigan futbolchilarga Jahon chempionatlari va Yevropa chemponatida ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularga o‘z milliy jamoalarida o‘ynashga ruxsat berilmaydi", - deyiladi xabarda.
Superliga 12 ta klub tomonidan tashkil qilin. Oldinda “Yevro-2020” hamda “JCH-2022” kabi yirik musobaqalar kutib turibdi. Agar Cheferin so‘zida tursa va Superliga klublari o‘z fikridan qaytmasa, ushbu bo‘lajak ikki yirik musobaqada aksariyat yulduz futbolchilar ishtirok etmaydi.
Ronaldu to‘p surayotgan “Yuventus” va Messi harakat qiladigan “Barselona” birinchilardan bo‘lib Yevropa Superligasiga qo‘shilishni ma’qullagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar