“Zenit” to‘purari Sardor Azmun yozgi transferlar vaqtida Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Aslida eronlik futbolchi anchadan beri Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida o‘ynayotgan jamoalardan taklif olayotgan edi.
Italiyalik jurnalist Janluiji Longarining ma’lum qilishicha, 26 yoshli futbolchiga “Roma” va “Atalanta” xaridor bo‘lmoqda.
Sardor Azmunning bugungi kundagi transfer summasi 25 million yevroni tashkil qilmoqda va bu “Zenit” rahbariyatini qoniqtirishi mumkin.
Ma’lumki, Sardor Azmunni Rossiyadagi xalqaro turnirda “Paxtakor”ning sobiq futbolchisi Marat Kabayev kashf qilgan va eronlik futbolchini o‘zi ishlayotgan “Rubin”ga joylashtirgan.
Ayni paytda “Zenit” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Sardor Azmun joriy mavsumda Rossiya premer-ligasida 22 ta uchrashuvda 16 ta gol urdi va to‘purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"