18:54 / 21.04.2021
3 002

“Paxtakorchi” kashf qilgan futbolchini Italiyada kutishmoqda


“Zenit” to‘purari Sardor Azmun yozgi transferlar vaqtida Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Aslida eronlik futbolchi anchadan beri Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida o‘ynayotgan jamoalardan taklif olayotgan edi.

Italiyalik jurnalist Janluiji Longarining ma’lum qilishicha, 26 yoshli futbolchiga “Roma” va “Atalanta” xaridor bo‘lmoqda.
Sardor Azmunning bugungi kundagi transfer summasi 25 million yevroni tashkil qilmoqda va bu “Zenit” rahbariyatini qoniqtirishi mumkin.

Ma’lumki, Sardor Azmunni Rossiyadagi xalqaro turnirda “Paxtakor”ning sobiq futbolchisi Marat Kabayev kashf qilgan va eronlik futbolchini o‘zi ishlayotgan “Rubin”ga joylashtirgan.

Ayni paytda “Zenit” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Sardor Azmun joriy mavsumda Rossiya premer-ligasida 22 ta uchrashuvda 16 ta gol urdi va to‘purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakorchi” kashf qilgan futbolchini Italiyada kutishmoqda