2 354
Mirjalol Qosimov: "Qo‘llab-quvvatlab, bizga dalda bo‘lgan o‘zbekistonlik barcha ishqibozlarga katta rahmat"
AGMK - "Shabab Al Ahli" (2:1) ishtirokidagi OCHL 3-turi doirasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jamoaning tarixiy g‘alabasi va mag‘lubiyatdan keyin ularga dalda bo‘lgan ishqibozlar haqida gapirdi.
Mirjalol Qosimov: "Avvalambor Assalomu alaykum. Fursatdan foydalanib kecha tug‘ilgan kunini nishonlagan jamoamiz futbolchisi Dilshod Jo‘rayevni va bugun tavallud kunini nishonlaydigan yordamchi murabbiy Xayrulla Karimovni jamoamiz nomidan tabriklayman. Ularga sog‘lik, oilaviy baxt va omad tilayman.
O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, ikki jamoaga ham g‘alaba muhim edi. Yutuq ishtiyoqida maydonga tushgandik. O‘tgan uchrashuvdagi mag‘lubiyatga qaramasdan futbolchilar o‘yinga to‘g‘ri yondashishdi va yaxshi tayyorlanib, OCHL guruh bosqichidagi ilk g‘alabani tantana qildik. Bu ham kichik tarix. Futbolda g‘alaba va mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. G‘alaba seriyasi ochilganidan xursandmiz.
Raqib "Shabab Al Ahli" yaxshi, kurashuvchan va shiddatli futbol namoyish etadigan jamoa. O‘ylashimcha, bugungi o‘yin yaxshi darajada o‘tdi. Ikkinchi taymda jamoamiz o‘yinni kuchaytirdi va bu jihat bellashuv yakuniga borib o‘z samarasini berdi. Xursandmiz. Lekin bu g‘alabani esdan chiqarib, keyingi bahsga tayyorgarlik ko‘rish kerak. Hali hammasi oldinda. Fursatdan foydalanib bizga ishongan va o‘tgan uchrashuvdagi mag‘lubiyatga qaramasdan jamoamizni qo‘llab-quvvatlab, dalda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik barcha futbol muxlislariga katta rahmat aytamiz. Va ularni g‘alaba bilan tabriklaymiz.
Kambek? Men nafaqat o‘yin so‘nggida, balki uchrashuv avvalidan oldinga intilish va g‘alaba uchun kurashishni ko‘rsatma bergandim. O‘yin so‘nggiga yaqin himoyaga o‘tirmasdan hujumga ko‘proq intilish kerakligini ta’kidlagandim. Futbolda 5 daqiqa ichida ko‘p narsa ro‘y berishi va voqealar rivoji butunlay o‘zgarib ketishi ham mumkin.
Masalan, 1999 yilgi YECHL finalini eslaylik. O‘shanda MYU "Bavariya" darvozasiga qo‘shib berilgan 3 daqiqa ichida 2ta gol urib, g‘alabani ilib ketgandi. Futbolda bunday holatlar bo‘lib turadi. Shu boisdan ham qo‘shib berilgan daqiqalarni himoyada o‘tkazmasdan oldinga o‘tishni ta’kidladim. Kambeklarning siri yo‘q. Ko‘p narsa xohish va ishtiyoqqa bog‘lik. Futbolni majburan o‘ynab bo‘lmaydi". “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"