20:23 / 22.04.2021
2 345

Piter Xyuistra: "Sharja"ga qarshi ilk bahsda xatolarga yo‘l qo‘ydik, buni tuzatmoqchimiz"


"Paxtakor" - "Sharja" o‘yinidan avvalgi matbuot anjumanida bosh murabbiy Piter Xyuistraga yarim himoyachi Hojimat Erkinov hamrohlik qildi.
Xyuistra: 
- Birinchi davrada yetarlicha ochko jamg‘ara olmadik. Shu sababli ertaga bizni juda muhim o‘yin kutmoqda. Oldingi bahsdagi xatolarni o‘rgandik, tahlil qildik. Jamoam o‘yinni juda yomon o‘tkazdi deb o‘ylamayman, ammo himoyaviy harakatlarda ko‘ngildagidek o‘ynay olmadik. Himoya faqat himoyachilarning harakatidan iborat emas, unda butun jamoa ishtirok etadi. Jamoaviy harakat bo‘lishi kerak. Qolaversa, to‘pni nazorat qilish orqali ko‘proq imkoniyat yaratishimiz lozim. Bu borada uyg‘unlikni yuzaga keltirish darkor. Chempionlar Ligasida buni uddalashga urinib ko‘ramiz. Birinchi bellashuvda 70 foiz holatda to‘pni nazorat qildik, ammo bu samara bermadi. Endi vaziyatlarni ko‘proq sodir etishga intilamiz.

"Sharja" yaxshi saviyadagi jamoa. Ertaga Koronado maydonga tushgan taqdirda ular yanada xavfli bo‘ladimi? Biz o‘z o‘yinimizni, yuqori saviyamizni ko‘rsata olsak, juda yaxshi jamoamiz. Aynan shuni uddalashga harakat qilamiz. Dastlabki ikki uchrashuvda g‘alabaga haqli edik, ammo omadimiz kelmadi. "Sharja" bilan birinchi bahsda esa xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bularni tuzatishga urinamiz. Bosim bor holatda barcha ishlar yaxshi bo‘lishi kerak.

Erkinov: 
- Biz ertaga juda katta ahamiyatli o‘yinda maydonga tushamiz. Bu raqibga qarshi birinchi o‘yindagi xatolarni murabbiyimiz tushuntirib o‘tdi. Kerakli ko‘rsatmalar beriladi va faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Piter Xyuistra: "Sharja"ga qarshi ilk bahsda xatolarga yo‘l qo‘ydik, buni tuzatmoqchimiz"