20:50 / 23.04.2021
2 517

“Gubernator kubogi”da Shahobiddin Zoirov va Amit Pangal jangi bo‘lib o‘tdi


Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan “Gubernator kubogi”i yarim final bosqichining eng murosasiz o‘tishi kutilayotgan bahsi shubhasiz, -52 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov hamda prinsipial raqibi hindistonlik Amit Pangal o‘rtasidagi jang edi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Kutilganidek, ushbu to‘qnashuv yorqin lahzalarga boy bo‘ldi. Jang uch raund shiddatli va keskin ko‘rinish oldi. Yakunda, hamyurtimiz qiyin bo‘lgan g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Endi, Zoirov final jangida qozog‘istonlik Maxmud Sabirxanga qarshi turnir g‘olibligi uchun ringga ko‘tariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Gubernator kubogi”da Shahobiddin Zoirov va Amit Pangal jangi bo‘lib o‘tdi