00:59 / 24.04.2021
2 699

"Paxtakor" Shukurov jamoasiga qarshi muhim uchrashuvda g‘alabani qo‘ldan chiqardi


Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Sharja" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Birinchi bo‘lib "sherlar" Derdiyokning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Muhammad Xalfan Ali muvozanatni tikladi. Durangdan so‘ng, toshkentliklar hisobidagi ochkolar soni 3 taga yetdi va 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

"Paxtakor" – "Sharja" 1:1
Gollar:
Eren Derdiyok 59' – Muhammad Xalfan 87'

"Paxtakor": 32. Sanjar Quvvatov, 3. Hojiakbar Alijonov, 5. Anzur Ismoilov (s), 23. Sherzod A’zamov, 34. Farruh Sayfiyev, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 19. Sharof Muhitdinov, 28. Diyor Xolmatov (6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 79), 18. Hojimat Erkinov, 10. Dragan Cheran, 9. Eren Derdiyok (21. Abror Ismoilov, 79).
Zaxira: 25. Eldorbek Suyunov, 8. Aziz Turg‘unboyev, 14. Humoyunmirzo Iminov, 16. Marlen Chobanov, 17. Sherzod Temirov, 42. Abbosbek Fayzullayev, 88. Shahzod Azmiddinov, 99. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov.

"Sharja": 40.Odil Al Husani, 4.Shahin Abdalla (s), 7.Kayo, 8.Muhammad Abdulbasit, 14.Holid Bavazir, 17.Ali Muhammad, 18.Abdalla G‘anim, 19.Holid Ibrohim, 23.Salim Solih, 27.Luan Pereyra, 29.Otabek Shukurov.
Zaxira: 12.Humud Muhammad, 3.Alhasan Solih, 5.Hamad Jasim, 11.Saif Rashid, 13.Salim Sulton, 15.Abdulaziz Kaabi, 25.Said Kaabi, 38.Muhammad Xalfan, 79.Abdulrahmon Juma, 10. Igor Koronado.
Ogohlantirishlar: Sharof Muhitdinov (10), Ali Muhammad (64), Sardor Sobirxo‘jayev (67), Farruh Sayfiyev (80).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" Shukurov jamoasiga qarshi muhim uchrashuvda g‘alabani qo‘ldan chiqardi