00:19 / 25.04.2021
3 113

Ro‘ziqul Berdiyev: "Yigitlarga 10:0 hisobiga e’tibor qilmasliklarini tayinlagandim"


O‘zbekiston kubogi 2-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Rubin" (4:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida qatnashdi.

"Bugun 3 ochkoni qo‘lga kiritishni maqsad qilgandik va unga erishdik. Yigitlarga "Bunyodkor" - "Rubin" o‘yini natijasiga (10:0) e’tibor qilmasliklarini tayinlagandim, asosiysi g‘alaba edi. Bugun kam maydonga tushayotgan futbolchilarga imkoniyat berdik. O‘yin ustunligimiz ostida o‘tdi, natija ham buni ko‘rsatib turibdi. Ba’zi futbolchilarimizda texnik-taktik xatolar bo‘lib turdi. Raqiblarning darajasi bugun ko‘rinib qoldi.

O‘tgan turdagi Jizzaxdagi bir ochko bizni qoniqtirdi. Sababi "So‘g‘diyona" medallar uchun kurashmoqda, o‘z maydonida o‘ynadi va tajribali futbolchilarga ega.

28 aprel kuni "Bunyodkor" bilan o‘ynaymiz, shu bois bugun ko‘proq yoshlarga imkoniyat berdik. Tan olish kerak, bizda bitta tarkib bor. Kubok bahslarida ham VAR tizimi ishlasa yaxshi bo‘lardi. Bahsli vaziyatlarda bu asqotadi.

OFK kubogi haqida? Oldindan hech qanday va’da bera olmaymiz. Hozirga qadar Tojikiston va Qirg‘iziston klublari ishtirokidagi o‘yinlarni kuzatib o‘rgandik. O‘ylaymanki OFK kubogida maksimum harakat qilib yaxshi natijaga urinamiz", - deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Yigitlarga 10:0 hisobiga e’tibor qilmasliklarini tayinlagandim"