OCHL 5-turidan o‘rin olgan AGMK - "Al-Hilol" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. O‘yin olmaliqliklarning 0:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
O‘tgan turda "Al-Hilol" "Istiqlol" bilan bahsda sensatsion tarzda 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. Bu g‘alaba bilan esa ular o‘sha mag‘lubiyatning alamini olishdi.
Bahsning 39-daqiqasida arabistonliklar vakili Lusiano Viyetto o‘z goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, 47 hamda 58-daqiqalarda Gomis hamda Al-Shahroni gol urib, hisobning yiriklashishini ta’minladi. Shu tariqa, "Al-Hilol" "Istiqlol"dan uchralgan mag‘lubiyat alamini AGMKdan oldi hamda turnir jadvalida 2-o‘ringa chiqib oldi.
AGMK esa 4 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Oxirgi turda vakillarimiz Tojikistonning "Istiqlol" klubi bilan to‘qnash keladi.
AGMK - "Al Hilol" 0:3
Gollar: Vetto (39, 0:1), Gomis (47, 0:2), Shahroni (58, 0:3).
AGMK (4-2-3-1) — 1.Botirali Ergashev - 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 15.Abbos Otaxonov, 8.Bobur Yo‘ldoshev, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich (5.Dilshod Jo‘rayev, 57), 17.Sanjar Tursunov (4.Mirjamol Qosimov, 67) - 11.Murod Toshmatov, 22.Sanjar Shoahmedov, 10.Husniddin G‘ofurov (19.Sheroz Jalolov, 70) - 18.Aleksandr Kasyan (9.Zafar Polvonov, 46).
Zaxira: 32.Suhrob Sultonov, 35.Valijon Rahimov - 21.Sanjar Jumaboyev, 28.Shohruh Gadoyev, 77.Dilshod Ahmadaliyev, 94.Elvin Fortes
"Al Hilol": 1. Abdulloh al-Mayuf, 2. Muhammad al-Burayk, 5. Ali al-Bulayhi, 8. Abdulloh Otayf, 10. Lusiano Vetto, 12. Yosir al-Shahroni, 16. Nosir al-Davsari, 18. Bafetimbi Gomis (11. Solih al-Shehri, 67), 19. Andre Karilo, 20. Jang Xyun-Su, 28. Muhammad Kanno.
Zaxiradagilar: 31. Habib al-Vatyan, 22. Amir Kurdi, 23. Madallah al-Olayan, 26. Favaz al-Terais, 27. Xatan Baxbri, 44. Saad al-Nossir, 49. Abdulloh Hadi Radif, 70. Muhammad Jahfali. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi