Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 34-turida «Barselona» 2 may, yakshanba kuni «Valensiya»ga qarshi bahs yuritdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Gabriel Paulista mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 57-daqiqada katalonlar penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Avvaliga Lionel Messining 11 metrlik nuqtadan yo‘llagan zarbasini darvozabon bartaraf etdi, biroq ikkinchi tempdagi hujumdan keyin argentinalik futbolchi gol urgan holda muvozanatni tikladi.
63-daqiqada Antuan Grizmann katalonlarning ikkinchi golini urdi. Oradan ko‘p o‘tmay Messi jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etgan holda hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Karlos Soler uzoq masofadan mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi va bu gol o‘yindagi oxirgisi bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan keyin «Barselona» ochkolarini 74 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘rindagi «Real»ga yetib oldi. Peshqadam «Atletiko» hisobida 76 ochko bor. Keyingi turda katalonlar aynan «Atletiko» bilan o‘ynaydi.
«Valensiya» — «Barselona» 2:3
Gollap: 1:0 – 50 Gabriel Paulista, 1:1 – 57 Messi, 1:2 – 63 Grizmann, 1:3 – 69 Messi, 2:3 – 83 Soler.
«Valensiya»: Sillessen, Toni Lato (Diakabi, 64), Gilyamon (Gameyro, 79), Gayya, Vass, Gedesh, Rachich (Oliva, 79), Gabriel Paulista, Soler, Terri Korreyya, Maksi Gomes.
«Barselona»: ter Shtegen, Dest (Serxi Roberto, 75), Arauxo, Langle, Alba, de Yong, Buskets, Pedri (Moriba, 75), Pike, Messi, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Rachich (35), Toni Lato (56), ter Shtegen (65). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"