Toshkentda Yandex Go kuryeri buyumlarni olib ketgani aytilmoqda (video)

Toshkentdagi “O‘zmakon” turar joy majmuasida umumiy foydalanishdagi ayrim buyumlar yo‘qolgani aytilmoqda. Voqea 17 sentyabr kuni soat 11:30 lar atrofida sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda Yandex Go kuryeri turar joy majmuasidan ayrim buyumlarni olib chiqib ketayotgani aks etgan.
Majmua aholisi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hududdan yong‘in o‘chirish shlanglari, o‘t o‘chirgichlar, routerlar hamda umumiy foydalanishdagi boshqa buyumlar yo‘qolgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan tegishli organlarga jamoaviy ariza topshirilgan. Hozircha voqeaning barcha tafsilotlari, shuningdek, videoda aks etgan shaxsning mazkur buyumlarni qanday maqsadda olib chiqqani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilganidan so‘ng voqeaga huquqiy baho berilishi mumkin.






























Izohlar 0
…