20:19 / 05.05.2021
2 590

"Lokomotiv" Portugaliya chempionatida nechinchi o‘rinni egallashi mumkin?


Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Lokomotiv" (1:4) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Mikael Sekeyra o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bugun jamoam juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Berilgan vazifani a’lo darajada bajarishdi. "Mash’al"ni hurmat qilgan holda ularda ham yaxshi futbolchilar borligini aytishim mumkin. Raqib bizga munosib qarshilik ko‘rsata olishini bilgandik va bu o‘yinga kuchli tayyorgarlik ko‘rgandik. "Lokomotiv" jamoasidagi barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Biz uyda emas safarda o‘ynadik. Shuni ham inobatga olish lozim. Bugungi g‘alaba navbatdagi o‘yinlar oldidan qo‘shimcha kuch va ishonch beradi. Ishlashda davom etamiz".

- Sizni o‘zbek futbolida nima ajablantiryapti?
- O‘zbekistonda yaxshi futbolchilar bor. Javob shu.

- "Lokomotiv" Portugaliya chempionatida nechinchi o‘rinni egallagan bo‘lardi?
- Bu savolga javob berish qiyin. Biz jamoani yangidan quryapmiz. Qisqa vaqt ichida o‘ylagan rejalarimizga erishmoqdamiz.

- Birinchi bo‘lim boshida Javohir Sidiqovga ko‘p e’tiroz bildirildi...
- U kerakli vaziyatga chiqib bormagani uchun e’tiroz bildirdim. Qolgan hamma vazifalarni to‘g‘ri bajardi. Jamoada har bir futbolchiga ma’lum bir vazifa berilgan.

- Kaxi Maxaradze qanday holatda foyda keltirishi mumkin? Asosiy tarkibda yoki zahiradan maydonga tushganda...
- Hammada tayyorgarlik va reja bir xil bo‘lgani uchun shunday tanlov qildim.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Lokomotiv" Portugaliya chempionatida nechinchi o‘rinni egallashi mumkin?