2 180
Zidan: "Chelsi" munosib g‘alabaga erishdi. Biz shundoq ham ancha uzoqqa bordik, yigitlarim bilan faxrlanaman"
ECHL yarim final javob uchrashuvida "Chelsi" o‘z maydonida "Real Madrid"ni yengdi (2:0). Uchrashuvdan so‘ng matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar ustozi Zinedin Zidan ishtirok etdi.
"Tan olish lozim, bugun raqib g‘alabaga haqli edi. Biz harakat qildik, kurashdik, ammo "Chelsi" g‘alaba qozondi va finalga munosib o‘yin ko‘rsatdi. Bugun maydonga tushgan futbolchilar o‘yinga to‘liq tayyor edi. Men shogirdlarim bilan faxrlanaman: biz imkon qadar harakat qildik va final ostonasida to‘xtadik! "Chelsi" ajoyib o‘yin o‘tkazdi va biz buni alohida e’tirof etishimiz zarur.
Biz o‘yin davomida yaqqol vaziyatlarni deyarli yuzaga keltira olmadik. Raqibda esa bunday imkoniyatlar bo‘ldi. Endi biz dam olib, La Liga haqida o‘ylashimiz zarur.
Albatta, hech bir jamoa, hech qaysi futbolchi mag‘lubiyatdan mamnun bo‘lmaydi. Ammo biz shundoq ham turnirda uzoq yo‘lni bosib o‘tdik. Yarim finalda to‘xtash og‘ir, lekin ertaga biz mehnatga tayyor holda mashg‘ulotda jam bo‘lamiz", - dedi Zinedin Zidan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?