14:32 / 06.05.2021
2 094

Tomas Tuxel "Real"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?


"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Real"ga qarshi g‘alabali o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Birinchi bo‘lim qiyin o‘tdi, "Real" to‘p nazoratiga ega bo‘ldi va xavfli vaziyatlar yaratdi. Biz xavfli tarzda qarshi hujumlar uyushtirdik va himoyadan o‘ynashga rozi bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda esa ajoyib o‘ynab, gol urdik.
Finalga chiqish - ajoyib natija. Jamoani tabriklayman.

Final haqida gapirishga hali erta. Doimo jarohatlar yoki boshqa nimadir ro‘y berib qolishi mumkin. Umid qilamanki, biz ushbu o‘yinga to‘liq tarkibda va yaxshi formada boramiz. Hali ish bajarilgani yo‘q.

Biz yo‘lni oxirigacha bosib o‘tmoqchimiz. Bu esa Istanbulga g‘alaba qozonish uchun borishimiz lozimligini anglatadi.
Men juda xursandman va taqdim etilgan imkoniyatdan mamnunman
", - dedi Tuxel.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tomas Tuxel "Real"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?