00:30 / 07.05.2021
2 179

Britaniyaliklar Chempionlar ligasi finalini Turkiyadan Angliyaga ko‘chirishni talab qildi


Buyuk Britaniyada Chempionlar ligasi finalini Turkiyadan Angliyaga ko‘chirishni talab qilishmoqda. Xabar qilinishicha, britaniyalik siyosatchilar finalda Angliyaning ikki klubi bahslashishi sababli uchrashuv o‘z yurtlarida o‘tkazilishi kerak deb hisoblamoqda.

Qayd etilishicha, xorijga chiqishga cheklovlar o‘rnatilgani sababli ko‘plab ishqibozlar final o‘yiniga borolmasligi mumkin. Shuningdek, «Aston Villa» UYEFAga final o‘yini uchun o‘z stadionini taklif qilgan.

Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq noxush vaziyat bois lokdaun joriy etilgan.

Chempionlar ligasi finali 29 may kuni Istanbul shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Stadionga 25 ming nafar muxlis kirishiga ruxsat berilgan. Finalda «Chelsi» va «Manchester Siti» klublari bahslashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Britaniyaliklar Chempionlar ligasi finalini Turkiyadan Angliyaga ko‘chirishni talab qildi