2 703
Terma jamoamiz yetakchisi jarohat oldi. Bu - JCH saralashidan oldin juda katta yo‘qotish bo‘lishi mumkin
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Xitoyning "Sanchjou Mayti Layons" klubi sharafini himoya qilishidan xabaringiz bor, albatta. Hamyurtimiz klubi safida jarohat oldi. Bu haqda Titan Sports Plus nashri ma’lum qildi.
Manba tarqatgan xabarga ko‘ra, Odil Ahmedov qovurg‘asidan jarohatlangan. Futbolchi jarohatini davolash maqsadidi O‘zbekistonga qaytib ketgan.
Natijada futbolchi "Sanchjou Mayti Layons"ning bu oydagi o‘yinlarida ishtirok etmaydi. Ahmedov davolanish jarayonini yurtimizda o‘tkazadi.
Iyun oyida jahon chempionati saralash bahslari oldidan bu O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun katta yo‘qotish bo‘lishi mumkin. Agarda sardorimiz o‘yinlargacha tiklana olmasa.
Umid qilamizki, Ahmedov terma jamoaning muhim uchrashuvlariga qadar jarohatini tuzatib, tiklana oladi! “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi
Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi